Dunyoda koronavirus tarqalishi sekinlashmoqda - BSST

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishKuryer servisa dostavki "Yandeks.Yeda"
Kuryer servisa dostavki Yandeks.Yeda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2021
Obuna bo‘lish
Sal avval BSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus COVID-19ga qarshi emlangan insonlar soni kasallanganlardan ortib ketgani haqida ma’lum qilgan edi.
TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Dunyoda koronavirus tarqalishi tempi sekinlashmoqda, bu haqda brifing davomida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti eksperti Mariya van Kerkxoven ma’lum qildi.
Proizvodstvo kompanii BIOCAD v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Lancet "Sputnik V" uchinchi faza tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi
"Qator davlatlarda infeksiyani yuqtirish jadalligi pasayganini ma’lum qilmoqchimiz", - degan u.
BSST eksperti so‘zlariga ko‘ra, bu natijaga virus yuqishi zanjirini uzadigan choralar ko‘rilgani tufayli erishilgan.
Shuningdek, ekspert, koronavirusga qarshi kurashning "nihoyatda qudratli instrumenti" sifatida vaksinalash ishlarini e’tirof etib o‘tgan.
Shu bilan bir qatorda, Kerkxoven COVID-19 aniqlanishi holatlari pasayayotgan mamlakatlarni pandemiyaga qarshi kurash choralariga amal qilishga chaqirib qolgan.
Vaksinatsiya v OAE - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
Har qanday vaksina halolmi? Dindorlar nega vaksinaga qarshi chiqmoqda?
Sal avval BSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus COVID-19ga qarshi emlangan insonlar soni kasallanganlardan ortib ketgani haqida ma’lum qilgan edi.
O‘zbekiston SSV rasmiy xabariga ko‘ra, 5-fevral holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79 045 (+56) nafarni tashkil etmoqda, sog‘ayish ko‘rsatkichi 98%da turibdi. Infeksiyaga chalinganlar respublikaning beshta hududida qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0