Berlin belarus muxolifatini qo‘llab-quvvatlashga 21 millionga yaqin yevro ajratdi

© Sputnik / Alexey MaishevUchastnitsa nesanksionirovannogo jenskogo marsha "Podruga za podrugu" v Minske, Belorussiya
Uchastnitsa nesanksionirovannogo jenskogo marsha Podruga za podrugu v Minske, Belorussiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2021
Obuna bo‘lish
Germaniya namoyishlarda qatnashgani uchun maktab va universitetlardan quvilganlarga stipendiya berib, mustaqil OAVlarni qo‘llab-quvvatlashni, Belarusda ta’qib ostiga olinayotganlarga Germaniyadan boshpana berishni rejalashtirmoqda
TOShKENT, 6 fev - Sputnik. Germaniya Belarus muxolifati dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun 21 millionga yaqin yevro ajratdi, deb bayonot qildi "Belarus bilan hamjihatlik" onlayn-anjumanida chiqishi vaqtida GFR TIV rahbari Xayko Maas.
Kandidat v prezidenti Belarusi Svetlana Tixanovskaya vo vremya predvibornogo mitinga v parke Drujbi Narodov v Minske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2020
YeI mamlakatlari Belarus muxolifatini qo‘llashdan nima manfaat ko‘radi - ekspert fikri
Germaniya kansleri Angela Merkel shanba kuni bo‘lib o‘tgan an’anaviy video nutqida GFR rasmiylari Belarus muxolifatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha harakat rejasini qabul qilganini ma’lum qilgan edi: bular boshpana va stipendiya berish, mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq.
"Shunga ishoning-ki: Germaniya va YeI sizning tomoningizda. Biz Lukashenko va uning rejimiga qarshi sanksiyalar kiritdik. Va biz 21 million yevro sarflanishi ko‘zda tutilgan "Belarus fuqarolik jamiyati" harakatlari dasturini ishlab chiqdik", - dedi vazir belarus muxolifati tarafdorlariga murojaat qilar ekan.
"Biz namoyishlarda qatnashgani uchun maktab va universitetlarda o‘quvchi-talabalar safidan chiqarilganlarga stipendiya taklif etamiz. Mustaqil OAVlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Qiynoqlar qurbonlariga psixologik yordam ko‘rsatamiz va Belarusda ta’qib ostiga olinayotganlarga Germaniyadan boshpana beramiz. Va biz inson huquqlarini buzayotganlarga qarshi dalillarni to‘plash bo‘yicha mexanizmni yaratamiz. Kun keladi va ular javobgarlikka tortiladi. Kun keladi, Belarus xalqi demokratiya, erkinlik va qonun ustuvorligi sharoitida yashay oladi", - degan Maas.
Boysi OMONa na aksii protesta storonnikov oppozitsii v Minske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2020
Belarus YeI sanksiyalariga xalqaro tashkilotlardan chiqish bilan javob qaytaradi - Makey
Belarusda bo‘lib o‘tgan 9-avgustdagi prezident saylovlarida oltinchi marotaba 80,1 % ovoz bilan Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozongach, mamlakatda muxolifatning ommaviy norozilik aksiyalari boshlanib ketgan edi, ular kuch tuzilmalari tomonidan maxsus vositalar va maxsus texnika yordamida bostirilgandi. Huquq-tartibor organlari Belarusdagi noroziliklarning radikallashuvi haqida bayonot berdi. Oppozitsiya fikricha, saylovlarda Svetlana Tixanovskaya g‘olib chiqqan.
Yevropa ittifoqi, Buyuk Britaniya, AQSh va Kanada saylovlardan keyin amaldagi hukumat tarafdori bo‘lgan belarusning qator rasmiy shaxslari va korxonalariga nisbatan sanksiyalar kiritishdi. Minsk sanksiyalarga sanksiyalar bilan javob qaytarilishini ma’lum qildi.
Belarus hukumati mamlakatdagi norozilik aksiyalari chet eldan turib muvofiqlashtirilayotgani haqida ko‘plab marotaba aytgan edi. Lukashenko G‘arbni respublikadagi vaziyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashganlikda aybladi va tartibsizliklar AQSh tomonidan yo‘naltirilayotgani, yevropaliklar esa Amerika chalayotgan kuyga raqs tushayotganini qayd etdi. Lukashenko protest aksiyalari Polsha, Chexiya, Litva va Ukrainadan turib muvofiqlashtirilayotganini qo‘shimcha qilgan.
Yangiliklar lentasi
0