19:17 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
384 0 0

“Bloomberg” agentligi “Sputnik V” vaktsinasini SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutuq deb eʼtirof etdi.

TOSHKENT, 7 fev — Sputnik. Rossiya dunyodagi koronavirusga qarshi birinchi vaktsinani taqdim etib, ehtimol, SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutuqqa erishdi. “Bloomberg” agentligi shunday fikrni bildirdi.

Taʼkidlanishicha, “The Lancet” jurnali chop qilgan “Sputnik V” vaktsinasining uchinchi bosqich klinik tadqiqotlari natijalari Rossiya vaktsinasi Amerika va Yevropanikidan qolishmasligi va Xitoy preparatiga qaragandan ancha samaraliroq ekanini koʻrsatgan.

Agentlikning yozishicha, maqola chop qilingandan soʻng koʻplab mamlakatlar “Sputnik V” vaktsinasini xarid istagida navbatga turishgan. 19 tadan kam boʻlmagan davlatlar vaktsinani allaqachon maʼqullagan, jumlagan, Yevropa Ittifoqi aʼzosi Vengriya. Braziliya va Hindiston esa uni maʼqullash arafasida.

Maqola mualliflari pandemiya ustidan gʻalaba qozonish uchun boshlangan global jangda “vaktsinalar poygasi” geosiyosiy ahamiyatga ega boʻlganini taʼkidlashgan.

Xabarda Rossiya preparatining koronavirusga qarshi kurashdagi muvaffaqiyati Moskvaning, xususan, Lotin Amerikasida geosiyosiy taʼsirini kuchaytirishi mumkinligi qayd etilgan.

“Rossiya, ehtimol, sovet davridan buyon oʻzining eng yirik ilmiy yutugʻiga erishdi”,  - deya xulosa qilingan.

Gamaleya nomidagi markaz tomonidan Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi koʻmagida ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaktsinasi koronavirusga qarshi roʻyxatga olingan birinchi vaktsinadir: Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi 2020 yilning avgustida bu jarayonni amalga oshirgan.

Obroʻli tibbiyot jurnal hisoblangan “The Lancet” bir necha kun avval "Sputnik V" uchinchi bosqich tadqiqotlari natijalarini eʼlon qildi. Preparat yuqori samaradorlik, immunogenlik, xavfsizlik natijadorlikni namoyish etdi.

Bugungi kunda "Sputnik V" vaktsinasi 20 dan ziyod mamlakatda roʻyxatdan oʻtkazilgan: Belarus, Vengriya, Argentina, Venesuela, Armaniston, Turkmaniston, BAA, Eron shular jumlasidan.

Oʻtgan yilning dekabr oyida Oʻzbekistonga klinik tadqiqotlar uchun 100 doza "Sputnik V" yetkazib berilgan edi.

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin yaqinda oʻzbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan uchrashuvda Rossiya Oʻzbekiston bilan vaktsina yetkazib berish borasida hamkorlik qilishdan umidvorligini bildirgan edi.

Asosiy mavzular