Eronda koronavirusga qarshi “Sputnik V” bilan emlash qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRabota mobilnix punktov vaksinatsii v Kazani
Rabota mobilnix punktov vaksinatsii v Kazani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2021
Obuna bo‘lish
Eron 9-fevraldan aholini Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlashni boshlaydi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Eronda 9-fevral kuni aholini koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash boshlanadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Said Namakiy ma’lum qildi.
Vaksina ot COVID-19 Gam Kovid Vak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2021
“Sputnik V” vaksinasi SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutuq deb aytildi
“Rossiyaning “Sputnik V” preparati bilan emlash seshanba, 9-fevral kuni boshlanadi”, - dedi Namakiy. Uning so‘zlaridan IRNA agentligi iqtibos keltirgan.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda intensiv davolash bo‘limlari tibbiyot xodimlari emlanadi. Keyingi bosqichda qolgan tibbiyot xodimlari, qariyalar uyidagilar va 65 yoshdan oshgan fuqarolar emlanadi.
Har qanday vaksina halolmi? Dindorlar nega vaksinaga qarshi chiqmoqda?
Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi Eronda 26-yanvar kuni ro‘yxatga olindi. Bir necha kun o‘tib Rossiya va Eron vakillari vaksinani yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. "Sputnik V”ning birinchi partiyasi 4-fevral kuni Tehronga yetkazib berildi.
Yangiliklar lentasi
0