Pandemiyadan ham qo‘rqinchliroq: Bill Geyts insoniyat uchun 2ta asosiy tahdidni aytdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPreduprejdayushaya tablichka na dveri laboratorii
Preduprejdayushaya tablichka na dveri laboratorii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2021
Obuna bo‘lish
Amerikalik ishbilarmon Bill Geyts yaqin kelajakda insoniyatga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ikkita asosiy tahdidni aytdi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Amerikalik ishbilarmon va Microsoft asoschisi Bill Geyts yaqin kelajakda insoniyatga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 2 ta tahdidni aytdi. Bu haqda RIA Novosti NEWS.ru ga asosan xabar qildi.
Letuchaya mish – netopir-karlik. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2021
Nima uchun koronavirus Xitoyda paydo bo‘ldi – olimlar buning sababini aniqlashdi
OAV ko‘pincha milliarderning 2015-yilda aytgan so‘zlarini keltiradi. O‘shanda Geyts “yaqin 10-yil ichida "insoniyatni o‘ldiradigan" narsa - bu urush emas, balki o‘ta yuqumli virus bo‘ladi, deb aytgandi.
Endi Geyts asosiy tahdidlar sifatida - iqlim o‘zgarishi va bioterrorizm bo‘lishi mumkinligini aytdi. Har yili "pandemiya payti"ga qaraganda, ko‘proq odamlar iqlim o‘zgarishidan aziyat chekishi mumkin, deya bashorat qildi ishbilarmon.
Unga ko‘ra, endi insoniyatga zarar yetkazishni istagan har qanday odam xavfli virusni yaratishi mumkin.
Avvalroq, Microsoft asoschisi Germaniyaning Süddeutsche Zeitung gazetasiga bergan intervusida dunyo COVID-19 pandemiyasidan o‘n baravar yomonroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan keyingi pandemiyaga tayyor emasligini aytgandi. "Umid qilamanki, ikki yildan so‘ng vaziyat boshqacha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Vaksinalar, testlar, dori-darmonlar, epidemiologiya, monitoring - juda ko‘p narsa qilish kerak", - dedi u.
Geytsning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus zilzilalar, tornadolar yoki iqlim o‘zgarishi singari bir xil darajada, kundalik hayotning bir qismiga aylandi, bunday tahdidga javob global bo‘lishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0