TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov amaldorlardan uning portretini maʼmuriy binolarda osib qoʻymasliklarini soʻradi, deb aytdi davlat rahbari matbuot kotibi Galina Bayterek. Sputnik Qirgʻiziston xabariga asosan.
"Prezident hozirgi paytda u fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash uchun hech narsa qilmadi, deb hisoblaydi. Shuning uchun u barcha idoralar va maʼmuriy binolarda uning portretini osishdan tiyilishni tavsiya qildi", - dedi matbuot kotib.
Uning soʻzlariga koʻra, Japarov davlatchilikni mustahkamlash va Qirgʻizistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga beqiyos hissa qoʻshgan Jusup Abdrahmanov va Isxak Razzoqov singari taniqli davlat arboblarining portretlaridan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.