12:48 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
159 0 0

Celeron M protsessorlarida ishlaydigan kompyuterlar Windows 10 dasturigacha yangilash mumkin boʻlsada, ularga Chrome brauzerni oʻrnatishning iloji boʻlmaydi. 

TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Google Chrome brauzeri 2005 yildan oldin ishlab chiqarilgan kompyuter va noutbuklarda ishlashi toʻxtatiladi, xabar qildi Chromium ishlab chiqarish jamoasi.  

Chrome 89 nomli dastur yangilanishida eski x86 arxitekturasida ishlaydigan protsessorlarni qoʻllab-quvvatlash nazarda tutilmagan. Xususan ularda Supplemental Streaming SIMD Extensions 3 (SSE3) turdagi komandalarni qabul qila olmaydi. 

Bundan xulosa shuki, Celeron M protsessorlarida ishlaydigan kompyuterlar Windows 10 dasturigacha yangilash mumkin boʻlsada, ularga Chrome brauzerni oʻrnatishning iloji boʻlmaydi. 

Chrome 87 va undan eski versiyada ishlaydigan brauzer foydalanuvchilari esa brauzernining texnik qoʻllab-quvvatlash muddati tugayotgani haqida maʼlumot olishadi. 

IT giganti boʻlgan Google kompaniyasining ushbu koʻpchillikka maʼqul boʻlmaga chorasi faqatgina Windows platformasiga taaluqli boʻladi, chunki ChromeOS, Android va Mac allaqachon SSE3 bilash ishlaydigan protsessorlar talab qilmoqda. 

Asosiy mavzular