00:18 01 Mart 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
185 0 0

Taʼkidlanishicha, bu kasallik hozircha keng tarqalmagan, uning avj olishi faqat bitta maʼmuriy okrugda yuz bergan.

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Tanzaniyada nomaʼlum infektsiyani yuqtirib olish oqibatida kamida 15 kishi vafot etdi va 50 dan ortiq odam kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda “Africa Feeds” nashri mamlakat sogʻliqni saqlash organlari vakillariga tayangan holda xabar qilmoqda.

“Bu kasallik hozircha keng tarqalmagan, uning avj olishi faqat bitta maʼmuriy okrugda yuz berdi, u yerda odamlar qon qusib, vaqtida kasalxonaga olib borilmaganlari oʻla boshladi”, — deydi Mbeya viloyati Chunya okrugi bosh shifokori Felista Kisandu.

Kisanduning soʻzlariga qaraganda, dastlabki tekshiruv asosan erkaklardan iborat boʻlgan bemorlar oshqozon yarasi va jigar kasalliklaridan azob chekkanini koʻrsatgan.

“Mwananchi” nashrining yozishicha, Tanzaniya sogʻliqni saqlash vaziri mintaqaga ekspertlar guruhini joʻnatgan. Ular kasallikning avj olish sabablarini oʻrganishi va tadqiqot uchun namunalar olishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil dekabrida Hindistonda nomaʼlum kasallik sabab 350 nafardan ziyod kishi kasalxonaga tushgani va bir kishi vafot etgani xabar qilingan edi.

Teglar:
nomaʼlum kasallik, Tanzaniya

Asosiy mavzular