09:36 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
20810

Tojikiston Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qoʻmitasi maʼlum qilishicha, yaqin kunlarda togʻlarda koʻchki boʻlishi va daryolarda suv sathining koʻtarilishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Tojikistonda yaqin kunlarda togʻlarda koʻchki boʻlishi va daryolarda suv sathining koʻtarilishi kutilmoqda. Bu haqda Tojikiston Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qoʻmitasi ogohlantirdi.

"Gidrometeorologiya Agentligining xabar berishicha, yaqin kunlarda qor erishi sababli, Hisor tizmasining janubiy yon bagʻirlaridan oqib oʻtadigan daryolarda, shuningdek Xingov daryosida suv sathi koʻtarilishi kutilmoqda", - deyilgan idora bayonotida.

Togʻli hududlarda, Hisor tizmasining janubiy yon bagʻirlarida va TBAV gʻarbiy qismida qor koʻchishi xavfi saqlanib qoladi.

Qutqaruvchilar togʻli va togʻ oldi hududlarida chorva mollarini boqmaslik, bolalarni yolgʻiz qoldirmaslik, baliq ovlashni vaqtincha toʻxtatish, shuningdek, ariq, kanal va sel quvurlarini chiqindilardan tozalashni soʻramoqda.

Mavzu boʻyicha

Tojikistondagi Qayroqqum suv ombori buzilmagan - FVV
Tojikiston FVQ minus 50 daraja sovuq boʻlishi haqida ogohlantirdi
Tojikiston Oʻzbekistondan gaz xarid qilish hajmini koʻpaytiradi
Oʻzbekiston YEOIIga qoʻshilsa, Tojikistonda tanlov qolmaydi – Migranyan
Teglar:
qor koʻchkisi, Tojikiston

Asosiy mavzular