09:26 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
329 0 0

Yevropa dori vositalari agentligi (YEMA) Sputnik V” vaktsinasi yaratuvchilari bilan ilmiy maslahatlashuvlar oʻtkazgan.

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi (RFPI) Yevropa Ittifoqida “Sputnik V” vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻridasi ariza berdi. Bryusselda uni qabul qilishdi. Bu haqda jamgʻarma matbuot xizmati Sputnik nashriga maʼlum qildi.

19 yanvar kuni Yevropa dori vositalari agentligi (YEMA) Sputnik V” vaktsinasi yaratuvchilari bilan ilmiy maslahatlashuvlar oʻtkazgan. Shundan soʻng YEIga vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza topshirish mumkin boʻlgan. Ariza 29 yanvar kuni topshirilgan.

“Jamgʻarma Yevropa dori vositalari agentligi (YEMA)ning ariza qabul qilingani toʻgʻrisidagi rasmiy tasdigʻiga ega. Arizaning maʼqullash tezligi EMA tomonidan belgilanadi”, - deyilgan xabarda.

Yevropa "Sputnik V"ni tekshirib koʻrdi. Germaniya foyda olishga hozirlanmoqda

Gamaleya nomidagi markaz tomonidan Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi koʻmagida ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaktsinasi koronavirusga qarshi roʻyxatga olingan birinchi vaktsinadir: Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi 2020 yilning avgustida bu jarayonni amalga oshirgan.

Obroʻli tibbiyot jurnal hisoblangan “The Lancet” bir necha kun avval "Sputnik V" uchinchi bosqich tadqiqotlari natijalarini eʼlon qildi. Preparat yuqori samaradorlik, immunogenlik, xavfsizlik samaradorni namoyish etdi.

“Bloomberg” agentligi maqola chop qilingandan soʻng koʻplab mamlakatlar “Sputnik V” vaktsinasini xarid istagida navbatga turishgani va  “Sputnik V” vaktsinasini Rossiyaning SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutugʻi ekani haqida yozdi.

Mavzu boʻyicha

Gʻarb vaktsina uchun urush olib borishga tayyor
Rossiya vaktsinasi Gʻarbni hayratga soldi - Welt
“Rossiya pul ortidan quvmaydi”: Yevropada “Sputnik V” vaktsinasini himoya qilishdi
“Sputnik V” vaktsinasi ikki hafta ichida yana 25ta davlatda roʻyxatdan oʻtkaziladi
Har qanday vaktsina halolmi? Dindorlar nega vaktsinaga qarshi chiqmoqda?
Vengriya YEIda birinchi boʻlib “Sputnik V” vaktsinasidan foydalanishni maʼqulladi
"Sputnik V" Vengriyada: rus vaktsinasi YEIdagi birinchi davlatga yetib bordi
Teglar:
Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi, vaktsina, Sputnik V, Yevropa Ittifoqi

Asosiy mavzular