05:45 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
60502

Rossiya TIV rasmiy vakili Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning Moskvaga tashrifidan Rossiyani omma oldida savalash koʻzlanganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Yevropa Ittifoqi Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning Moskvaga tashrifidan Rossiyani omma oldida savalashni rejalashtirgan edi, biroq bunga erisholmadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova maʼlum qildi.

“Sizga gʻarbdagi hamkorlarimiz haqidagi sirni ochaman: savalash qoʻllaridan kelmaganda, jazavalari tutadi. Mening oʻylashicha, ular puxtalik bilan rejalashtirgan bu omma oldidagi savalashni oʻtkazish (Borrelning – tahr.) vazifa edi. Yaʼni bunaqa kaskad: ham mitinglar haqida gaplashish, ham jurnalistlar haqida gaplashish, ham Navalniyni asosiy mavzu qilish”, - dedi Zaxarova “Vesti FM” efirida.

Uning fikriga koʻra, Gʻarb hamkorlarining rejalari muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan, chunki Rossiya tomoni real masalalarni muhokama qilishni taklif qilgan: muammolardan tortib rivojlanish istiqbollarigacha.

Rossiya uch nafar yevropa diplomatlarini aktsiyalarda ishtiroki uchun davlatdan chiqarib yubordi

YEI tashqi siyosat va xavfsizlik boʻyicha vakili Jozep Borrel 4-6 fevral kunlari Moskvada rasmiy tashrif bilan boʻldi. Tashrifdan soʻng 22 fevral kuni rejalashtirilayotgan Yevropa TIV rahbarlari uchrashuvida Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni kengaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkinligini maʼlum qildi.

Kuni kecha Rossiya TIV Borellning Bryuselga qaytishi bilan Rossiya haqidagi tanqidiy fikrlari uning Moskvadagi chiqishlaridan keskin farq qilishini bildirdi.

Teglar:
Rossiya, Yevropa Ittifoqi, Mariya Zaxarova

Asosiy mavzular