06:21 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
32420

WhatsApp messenjerida videolar boʻlimiga tegishli boʻlgan yangi funktsiya sinovdan oʻtkazilmoqda. Uning yordamida ovozsiz videolarni yuborish mumkin.

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. WhatsApp messenjeri video boʻlimiga tegishli boʻlgan yangi funktsiyani sinovdan oʻtkazmoqda.  

WABetaInfo maʼlum qilishicha, videolarni tahrir qilish vaqtida alohida belgi paydo boʻladi, foydalanuvchi uning yordamida ovozsiz videoni yuborishi mumkin.

Hozircha funktsiya 2.21.3.13 beta-versiyasida mavjud.

Bundan tashqari messenjerga yangi animatsion stikerlar toʻplami qoʻshiladi, shuningdek, guruh chatida “foydalanuvchini eslatib oʻtish” funktsiyasi ham yaxshilanadi.

Oʻtgan yil sentyabrda messenjerda vaqtinchalik mediafayllar yuborish imkonini beruvchi yangi Expiring Media funktsiyasi ishga tushirilgandi.

Teglar:
ijtimoiy tarmoq, internet

Asosiy mavzular