10:02 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
82420

Kecha Navalniy yordamchilari Bryusselda NATO vakillari bilan onlayn uchrashuv oʻtkazib, Rossiyada vaziyatni beqaror qilish uchun yoʻriqnomalar olgan - Zaxarova.

TOSHKENT, 9 fev - Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining  maxsus vakili Mariya Zaxarova Aleksey Navalniy va uning tarafdorlarini, jumladan "Navalniy shtabi"ning boshligʻi Leonid Volkovni va FBK direktori Vladimir Ashurkovni muxolifat deb atashni bas qilishga va ularni - NATOning taʼsir agentlari deb atashni taklif qildi.

"Umuman ularni muxolifat deb atashni bas qilish kerak. Muxolifat - bu boshqa narsa. Ular - taʼsir  agentlari va men buni sizga hozir isbotlab beraman, - dedi Zaxarova. - Esingizda boʻlsa, 4 fevral kuni Volkov qish vaqti boshqa namoyishlar oʻtkazmasliklarini va aktsiyalar bahor va yozda boʻlib oʻtishini eʼlon qilgan edi. Bugun ertalab esa butunlay boshqa narsani, aktsiyalar fevralda ham davom etishini eʼlon qilishdi. 

Xoʻsh, shu kunlar 4-9 fevral orasida nima sodir boʻldi? Afsuski hammasi oʻta oddiy va achinarli... Kecha Bryusselda Polsha, YEI, AQSH va Britaniya vakillarining Volkov va Ashurkov bilan onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi. 

Ushbu uchrashuvning kichik bir ahamiyatli tomoni bor. Bu YEI davlatlari + Britaniya va AQSH, yaʼni bu - NATO. Demak kecha ular NATO vakillari bilan suhbat qilishgan va qanday yoʻl tutish boʻyicha tuliq yoʻriqnomalar olishgan. Menimcha, ularga bahor yoki yozni kutib oʻtirishning keragi yoʻqligini va vaziyatni "tebratishda" davom etishni buyurishgan", - dedi Zaxarova. 

TIV rasmiy vakili aytishiga koʻra, ushbu uchrashuv ham Rossiyada vaziyatni destabilizatsiya qilishga qaratilgan. 

"Buni qanday yashirmang, nima deb atamang, bu - suveren davlatda vaziyatni beqaror qilish uchun taʼsir agentlari bilan uchrashuv. Buni boshqa nom bilan atab boʻlmaydi", - dedi Zaxarova Birinchi kanal efirida.   

Eslatib oʻtamiz, Aleksey Navalniy shartli qamoq jazosini oʻtash qoidalarini buzgani uchun Rossiya prokuraturasi tomonidan jazo chorasini amaliy qamoqqa almashtirish toʻgʻrisidagi qarori bilan 2 yil 4 oy muddatga qamalgan edi. Shundan soʻng butun Rossiya boʻylab Navalniy tarafdorlarining norozilik namoyishlari boʻlib oʻtgan edi. 

Asosiy mavzular