09:53 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
746 0 0

SWIM loyihasi olimlari Marsning shimoliy yarim sharida koʻmilgan muz resurslarining batafsil xaritasini chop etishdi.

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. SWIM loyihasi olimlari Marsning shimoliy yarim sharida koʻmilgan muz resurslarining batafsil xaritasini chop etishdi.

Unda odamlar doimiy yashashi uchun moʻljallangan - Mars bazasi hududida muzliklar maydoni alohida belgilangan. Tadqiqot natijalari Nature Astronomy jurnalida chop etilgan. RIA Novosti xabariga asosan.

SWIM (Subsurface Water Ice Mapping) loyihasi maqsadi - Marsga qoʻnish uchun joyni tanlashni ishlarini yengillashtirish maqsadida yuza ostida, koʻmib qoʻyilgan muz konlarini xaritaga tushirishga qaratilgan.

Muz - bu Mars bazasi faoliyati uchun muhim boʻlgan: odamlar va oʻsimliklar, metan yoqilgʻisi va nafas olish havosini ishlab chiqarish uchun muhim suv manbai hisoblanadi. Eng asosiysi - Yerga qaytish uchun muz suvidan yoqilgʻi olishda foydalanish mumkin.

"Marsga borish va Yerga qaytish uchish uchun zarur boʻlgan yoqilgʻini tashish imkonsiz. Shu sababli Mars missiyasining deyarli har bir loyihasi mahalliy resurslardan yoqilgʻi sifatida foydalanishni oʻrganadi", - deydi maqolaning yetakchi muallifi Garet Morgan.

NASA olimlari - Mars Reconnaissance Orbiter, Mars Odyssey i Mars Global Surveyor kosmik kemalaridan olingan maʼlumotlarni umumlashtirishdi va mazkur loyiha uchun maxsus ishlab chiqilgan yagona algoritm yordamida qayta ishlashdi. Yangi usul yordamida Mars sathidagi turli joylarda koʻmilgan muzliklarni miqdoriy jihatdan baholashga imkon berdi.

Tadqiqotchilar uchun eng katta qiziqish shimoliy yarim sharning oʻrta kengliklari boʻlib, u yerda doimiy bazani joylashtirish uchun zarur boʻlgan ikkita asosiy omil - quyosh nurlarining yetarli miqdori va suv muzliklari boʻlishi mumkin.

"Mars - muzli sayyora, va bu yaxshi yangilik. Asosiy maqsad - odamning qoʻnishi uchun moʻljallangan joyda muzni topish kerak,” - deydi Morgan.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil kuzda italiyalik olimlar Marsning janubiy qutbida muzliklar ostida shoʻr suvli koʻllarni aniqlashgandi. Tadqiqotchilar tarmoq 4ta suv havzasidan iborat boʻlgani, eng kattasi tizimning markazida joylashgani, uning eni 30 kilometrni tashkil qilishi, koʻllar 1,5 kilometr chuqurlikda joylashgan, deb yozishgan.

Mavzu boʻyicha

AQSH nima uchun Oy va Marsga yetib bormayapti – NASA rahbarining javobi
Marsda gʻalati gʻor topildi
Insoniyat qachon Marsni mustamlaka qilib oladi?
Marsda shoʻr suvli koʻl aniqlandi
Teglar:
AQSH, Quyosh, Oy, kosmos, NASA (AQSH aeronavtika va kosmikni oʻrganish milliy idorasi), Mars

Asosiy mavzular