TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Buyuk Britaniya Qirollik harbiy-flotida katta janjal: leytenant-ayol va uning sevgilisi oʻta maxfiy atom suvosti kemasida “kattalar uchun video”ni tasvirga olgani aniqlandi. Bu haqda The Sun nashri xabar qildi.
Nashr yozishicha, Kler Jenkins va yetakchi dengizchi Liam Doddington suvosti kemasida katta bir studiyani tashkil qilishgan ekan. Britaniyalik ayol videoni OnlyFans ijtimoiy tarmogʻida joylashtirgan, u yerda obunachilar erotik mazmundagi kontentni koʻrish uchun pul toʻlaydi.
Taʼkidlanishicha, juftlik Klayd dengiz bazasida, Shotlandiyaning Glazgo shahridan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Fasleyn bazasida harbiy xizmat oʻtagan. Ayna shu yerda Buyuk Britaniyaning dengiz flotining oʻta maxfiy atom suvosti kemalari joylashgan.
"Qoʻmondonlar bunga ishonishmayapti. Axir, bu Britaniya floti xavfsizligi uchun turli xavf-xatarlarga olib kelishi mumkin", - deydi harbiy-dengiz flotidagi manba.
Harbiy-dengiz bazasi rahbariyati tergov olib bormoqda.