01:34 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
59101

Amerikaliklar Florida shtati osmonda uchib oʻtgan Trident II ballistik raketani NUJ bilan adashtirishdi.

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Florida osmonida koʻrilgan nomaʼlum uchar jism AQSH harbiy-dengiz kuchlarining ballistik raketasi boʻlib chiqdi, deb xabar berdi Fox News.

Ijtimoiy tarmoqlar kometaga oʻxshash gʻayrioddiy nurli narsani  aks etgan lavhalar bilan toʻldi. Bu, ayniqsa, okean ustidagi kechki osmonda juda taʼsirli koʻrindi.

“Kometa” Amerikaning suvosti kemasidan muntazam sinovlarda otiladigan Trident II ballistik raketasi boʻlib chiqdi.

Trident II raketasi 11,3 ming kilometrga qadar etib boradi va yadro jangovar zaryadni tashiy oladi. Hozir AQSH dengiz kuchlari bilan xizmatda qolgan yagona suvosti ballistik raketa hisoblanadi.

Teglar:
Quyosh, Oy, kosmos, NASA (AQSH aeronavtika va kosmikni oʻrganish milliy idorasi), mintaqalararo ballistik raketa, NLO - nomaʼlum uchar jism, AQSH

Asosiy mavzular