06:48 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
27001

Xitoy raisi AQSH prezidenti Jo Bayden bilan suhbatda ikki mamlakat ziddiyati butun dunyo uchun falokat ekanini aytdi.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Xitoy va Amerika Qoʻshma Shtatlarining qarama-qarshiligi ham har ikkila mamlakat, ham butun dunyo uchun falokatdir. Bu haqda Xitoy raisi Si Tszinpin AQSH prezidenti Jo Bayden bilan telefon suhbati davomida maʼlum qildi.

“Xitoy-Amerika hamkorligi ham har ikkala mamlakat, ham butun dunyo uchun foyda keltiradigan koʻplab muhim voqealarga olib kelishi mumkin”, - deya uning soʻzlaridan keltiradi Xitoy Markaziy televideniyesi.

“XXR va AQSH qarama-qarshilishi, shubhasiz, ham har ikkala mamlakat, ham butun dunyo uchun falokatdir”, - deya taʼkidlagan Si Tszinpin.

Xitoy yetakchisi ayrim masalalar yuzasidan turli nuqtai nazarlarga qaramasdan, tomonlar kelishmovchiliklarni oʻzaro hurmat asosida hal qilishlari lozimligini taʼkidlagan.

Teglar:
Jo Bayden, Si Tszinpin, AQSH, Xitoy

Asosiy mavzular