09:41 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
231 0 0

YAIM kamayishi va inflyatsiya oshishiga qaramasdan Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani oʻzgarishsiz saqlab qolmoqda.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Rossiya banki asosiy stavkani, yangi rekord - 4%gacha pasaytirish kerak, deb hisoblaydi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi. XVJ xulosasiga koʻra, ushbu chora iqtisodiy oʻsishga xizmat qiladi. 

XVJ esa Rossiya bankiga ushbu asosiy stavkani 0,5 punktga kamaytirishni maslahat bermoqda. Ular aytishiga koʻra, bu rublni biroz qadrsizlantirsada, lekin iqtisodiy oʻsishga olib keladi.

Oʻtgan yilning mart oyida Rossiya Markaziy banki Asosiy stavkani 6 % miqdorida saqlab qolgan edi. Keyinchalik epidemiologik vaziyat oʻzgarishi, chegaralar yopilishi va neft narxi pasayishi oqibatida YAIM kamayishi ehtimoli paydo boʻldi. Ushbu salbiy omillar taʼsirini kamaytirish maqsadida Rossiya banki asosiy stavkani eng past - 4,25 % darajasigacha kamaytirgan edi.

Lekin yanvarda maʼlum boʻlishicha, oʻtgan yili YAIM kamayishi kutilganidan koʻproq boʻlgan. Undan tashqari yanvar oyida inflyatsiya miqdori ham oʻrtacha yillik kutilayotgan 3,5-4  foizdan ancha yuqori boʻlgan. Lekin shunga  qaramay Rossiya banki asosiy stavkani oʻzgarishsiz saqlab qolmoqdadi.

Fevral oyida ham asosiy stavkani ushbu miqdorda saqlab qolish ehtimoli juda katta. Rossiyalik ekspertlar xulosasiga koʻra, asosiy stavkani kamaytirish inflyatsiyaning yanada oshib ketishi, real daromadlar kamayishi va xorijiy investitsiyalarning chiqib ketishiga olib kelishi mumkin.

Asosiy mavzular