Rossiya elchixonasi AQShni Qora dengizda “qilich yalang‘ochlamaslikka” chaqirdi

© Foto : U.S. Navy/Petty Officer 2nd Class Austin IngramEsmines VMS SShA Porter vo vremya dozapravki v Chernom more
Esmines VMS SShA Porter vo vremya dozapravki v Chernom more - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya elchixonasi xabarida yozilishicha, Qo‘shma Shtatlar Qora dengizda o‘ziga dushman qidirish bilan shug‘ullanmoqda
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Rossiya AQShni Qora dengizda tahdid qilishni to‘xtatishga chaqirdi. Chaqiriq Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasining “Twitter”dagi sahifasida chop qilindi.
Qora dengizga yana AQSh esminetsi kirib keldi: buyog‘i nima bo‘ladi
“Biz amerikalik harbiylarni o‘ylamay tahdid qilishni bas qilishga va Qo‘shma Shtatlarning suv hududlarida o‘z ishlari bilan shug‘ullanishlariga chaqiramiz. Qora dengizning tinchligi va xavfsizligi o‘zgalar aralashuviga muhtoj emas”, - deyilgan elchixona xabarida.
Ta’kidlanishicha, AQSh Qora dengizda o‘ziga dushman qidirish bilan shug‘ullanmoqda va “harbiy mashg‘ulotlar bayrog‘i ostida” u yerda bo‘lishini kuchaytirish uchun bahonalar izlamoqda.
Avvalroq AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Turkiya floti bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazganini ma’lum qilgan edi. Unda ikkita esmines va ikkita P-8A razvedkachi samolyot qatnashgan.
Yangiliklar lentasi
0