09:51 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
38910

Belarus prezidentining soʻzlariga koʻra, Gʻarbning na ularga, na boshqalarga qanday yashash va davlatni boshqarish kerakligini oʻrgatishga huquqi bor.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Gʻarbning Belarusga qanday yashash kerakligini oʻrgatishga hech qanday haqqi yoʻq. Bu haqda respublika prezidenti Aleksandr Lukashenko maʼlum qildi.

“Bir narsani aytaman: Kapitoliyning ishgʻol qilinishi,  Polsha, Germaniya, Frantsiya, Belgiya, Niderlandiyadagi namoyishlarning keskin tarqatilishi, odamlar karantin zindoniga tashlanishidan soʻng ular na bizga, na boshqalarga qanday yashash va davlatni boshqarish kerakligini oʻrgatishga na siyosiy, na axloqiy huquqi bor. Oʻzlarini eplab olishsin”, - dedi Lukashenko Umumbelorus xalqi yigʻilishida.

“Sudga murojaat qilishimiz kerak”: Lukashenko XOQ sanktsiyalariga munosabat bildirdi

Belarusda prezident saylovlari boʻlib oʻtgandan soʻng qator Gʻarb mamlakatlari mamlakatning bir necha yuqori lavozimli amaldorlari va davlat korxonalariga qarshi sanktsiya qoʻlladi. Minsk bunga munosib javob qaytarishga vaʼda berdi. Belarus hukumati mamlakatdagi norozilik namoyishlari chet eldan boshqarilayotganini koʻp marotaba takrorlagandi. Lukashenko Gʻarbni mamlakat ishlariga aralashishda aybladi.

Teglar:
Gʻarb, Belarus, Aleksandr Lukashenko

Asosiy mavzular