TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Amerikalik tadbirkor, “Tesla” va “SpaceX” asoschisi Ilon Mask Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “Clubhouse” ijtimoiy tarmogʻida onlayn uchrashuv oʻtkazishga taklif qildi. Oʻz taklifini tvitterdagi sahifasida yozib qoldirdi.
bыlo bы bolshoy chestyu pogovorit s vami
— Elon Musk (@elonmusk) February 13, 2021
“Siz bilan suhbatlashish katta sharaf boʻlgan boʻlardi”, — deb yozdi Mask rus tilida va Rossiya prezidentining rasmiy sahifasini belgiladi.
Mask tviti qisqa fursat ichida bir necha oʻng minglab “layk” toʻplagan. Kreml hozircha bunga munosabat bildirmagan.
“Clubhouse” 2020 yil aprelida ishga tushirilgan yopiq ijtimoiy tarmoq sanaladi. Unga ulanish uchun boshqa ishtirokchilardan taklif olish kerak. Muloqot virtual xonalarda ovoz yordamida amalga oshiriladi.