11:08 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
176 0 0

Britancha shtammni aniqlaydigan dunyodagi birinchi testni Rospotrebnazdor Epidemilogiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti yaratgan va roʻyxatga olgan.

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Rossiyada koronavirusning britancha shtammini aniqlaydigan dunyodagi birinchi test-tizimi roʻyxatga olindi. Bu haqda Rospotrebnadzor xabar qilmoqda.

Testni Rospotrebnazdor Epidemilogiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti yaratgan va roʻyxatga olgan. Idora maʼlumotlariga koʻra, tasdiqlangan mutatsiya klinik namunalaridagi sinovlar uning yuqori aniqligini isbotlagan.

Taʼkidlanishicha, yangi texnologiya korovirusning har qanday mutatsiyasini aniqlash uchun reagent yaratish imkonini beradi.

2020 yil dekabr oʻrtalarida Buyuk Britaniyada SARS-CoV-2 koronavirusining yangi mutatsiyasi paydo boʻlgani ayon boʻlgan edi. Keyinroq Britaniya hukumati u eskisiga qaraganda tezroq tarqalishini xabar qildi.

Teglar:
koronavirus pandemiyasi, Britaniyada koronavirusning yangi shtammi, Rossiya

Asosiy mavzular