12:26 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
125212

Maʼlum qilinishicha, sobiq prezident Almazbek Atambayev davrida davrida koʻplab tashqi kreditlar olingan. Bugungi kunda mamlakat oʻsha qarzlarni toʻlamasa, yirik obʼyektlar qarz bergan tomonga oʻtib ketish xavfi ostida.

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning matbuot xizmati uning mamlakat davlat qarzini toʻlamagan taqdirda, koʻplab obʼyektlarini qoʻldan boy berishi mumkinligi toʻgʻrisidagi bayonotiga izoh berdi.

Avvalroq Sadir Japarov axborot agentliklaridan biriga bergan intervyusida sobiq davlat rahbari Almazbek Atambayev davlat qarzi boʻyicha bitimlar imzolagani, ular tufayli Qirgʻiziston koʻplab obʼyektlaridan mahrum boʻlishi mumkinligini maʼlum qilgandi.

Davlat rahbari matbuot xizmati gap aynan qaysi obʼyektlar va kredit bitimlari haqidagi gap borayotganiga oydinlik kiritmagan.

“Atambayev davrida koʻplab tashqi kreditlar olingan, jumladan, Xitoy va boshqa mamlakatlardan. Bugungi kunda ikki tomonlama imzolangan oʻsha alohida shartnomalarni bajarmasak, kreditni toʻlamasak, obʼyektlar qarz bergan tomonga oʻtib ketishi mumkin. Bu juda yirik obʼyektlar. Prezident qiyinchiliklarga qaramasdan mablagʻ topilishiga, kreditlar oʻz vaqtida toʻlanishiga, obʼyektlar esa hech kimga berilmasligiga umid bildirdi”, - dedi prezidentning matbuot kotibi Galina Bayterek “Sputnik” muxbirining savoliga javob berayotib.

2020 yil oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Qirgʻizistonning tashqi qarzi 4 milliard 850 million 730 ming dollarni tashkil etadi.

Teglar:
tashqi qarz, Almazbek Atambayev, Sadir Japarov, Qirgʻiziston

Asosiy mavzular