05:26 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
38310

Rossiya OAVlari maʼlumotlariga koʻra, Qirgʻiziston prezidenti 24-25 fevral kunlari Moskvada rasmiy tashrif bilan boʻladi.

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Rossiyaga tashrif oldidan oʻzini oʻzi yakkaladi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston agentligi xabar qilmoqda.

“Hozir prezident masofadan turib ishlyapti. Safar juda jiddiy, shu bois oldingi davlat rahbari bilan boʻlgan vaziyat boʻlishini istamaymiz. Koronavirus pandemiyasi sabab zaruriy ehtiyot choralariga rioya qilinmoqda”, - dedi Qirgʻiziston prezidenti matbuot kotibi Galina Bayterek.

Qirgʻizistonning yirik obʼyektlari davlat qarzi tufayli Xitoyga oʻtib ketishi mumkin

Japarovning Rossiyaga tashrifi qaysi sanada amalga oshirilishiga oydinlik kiritmagan, biroq Rossiya OAVlari maʼlumotlariga koʻra, Qirgʻiziston prezidenti 24-25 fevral kunlari Moskvada rasmiy tashrif bilan boʻladi.

Rasmiy tashrif amalga oshirilsa, bu Sadir Japarovning Qirgʻiziston rahbari sifatidagi ilk xorijiy tashrifi boʻladi.

Teglar:
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Sadir Japarov

Asosiy mavzular