TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Kanadada turli davlatlarning koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasiga boʻlgan qiziqishini Rossiyaning yirik ilmiy diplomatik gʻalabasi deb aytildi. Bu haqda “Radio Canada” saytida xabar qilindi.
Maqolada yozilishicha, avvaliga qator mamlakatlar Rossiya yaratgan vaktsinani qabul qilmagan va unda biror bir kamchilik aniqlashni xohlashgan.
“Rossiya uni gʻalaba qozonganini aytgan “Sputnik V” vaktsinalar poygasida tezda asabga teguvchi boʻldi”, - deyilgan xabarda.
Maqola muallifi Tamara Altereskoning soʻzlariga koʻra, natijada vaktsina har tomonlama oʻzini oqlagan, zero butun dunyo boʻylab, jumladan, Yevropada unga boʻlgan qiziqish tobora oʻsib bormoqda.
Siyosatchi Judit Tviggning taʼkidlashicha, Rossiyaning boshqa sohalarda muammolari bor, ammo COVID-19ga qarshi dunyodagi birinchi vaktsinani ishlab chiqarish “benuqson gʻalaba” boʻlgan.
Gamaleya nomidagi markaz tomonidan Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi koʻmagida ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaktsinasi koronavirusga qarshi roʻyxatga olingan birinchi vaktsinadir.
Obroʻli tibbiyot jurnali hisoblangan “The Lancet” bir necha kun avval "Sputnik V" uchinchi bosqich tadqiqotlari natijalarini eʼlon qildi. Preparat yuqori samaradorlik, immunogenlik, xavfsizlik samaradorni namoyish etdi.
“Bloomberg” agentligi maqola chop qilingandan soʻng koʻplab mamlakatlar “Sputnik V” vaktsinasini xarid istagida navbatga turishgani va “Sputnik V” vaktsinasini Rossiyaning SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutugʻi ekani haqida yozdi.
Bugungi kunda “Sputnik V" dunyoning 30 yaqin davlatida roʻyxatdan oʻtkazilgan va foydalanishgan ruxsat berilgan. Oʻzbekistonda ham uni sertifikatlashtirish hamda roʻyxatdan oʻtkazish jarayonini boshlash maʼqullangan.