01:41 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
130310

Oʻrmonda daraxt ortida turgan bugʻuning surati ijtimoiy tarmoqlarda “virus” tezligida tarqaldi. Suratda jonivorning faqat boshi koʻringan.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Oʻrmonda daraxt ortida turgan bugʻuning surati ijtimoiy tarmoqlarda “virus” tezligida tarqaldi. Suratda jonivorning faqat boshi koʻringan.

Foydalanuvchilar “bugʻuning tanasi qanday qilibkichik daraxt orqasida  koʻrinmay qoldi” deya hayron qolishmoqda.

The Dodo yangiliklar portali yozishicha, gʻayrioddiy suratning muallifi -Xantington (Indiana, AQSH) shahrida istiqomat qiluvchi Jenni Makmillan. Ayol oʻrmon yaqinida yashaydi, oqdumli bugʻular  yegulik izlab tez-tez bu hududga "mehmonga" keladi.

Surat ijtimoiy tarmoqlarga tushgach, bir necha kun ichida tez tarqalib ketdi.

Odamlar oʻz izohlarida, bugʻuning tanasi qayerga gʻoyib boʻlgani yuzasidan turli taxminlarni bildirishmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada yangi optik illyuziya internet foydalanuvchilarining eʼtiborini tortgandi. Oʻrmonda tasvirga olingan surat qizgʻin muhokamaga sabab boʻlgandi.

Teglar:
qiziqarli video, qiziqarli suratlar, AQSH

Asosiy mavzular