Misr prezidenti fuqarolarni ikki farzand bilan cheklanishga chaqirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Arabskoy Respubliki Yegipet Abdel Fatax as-Sisi
Prezident Arabskoy Respubliki Yegipet Abdel Fatax as-Sisi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2021
Obuna bo‘lish
Mamlakat aholisi 100 milliondan oshib ketgan, har yili 2 million chaqaloq dunyoga keladi. Mamlakat dunyoda aholi soni bo‘yicha 14 o‘rinda.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi birinchi marta mamlakat aholisining jadal o‘sib borayogani yuzasidan xavotir bildirdi. U Ismoiliya viloyatidagi bir qator tibbiyot muassasalarining ochilish marosimidagi chiqishida har bir oila ikki nafardan ziyod farzandga ega bo‘lmasligi kerakligini tushuntirdi, deb xabar qiladi “Al-Ahram”.
LIVE_Sputnik: Lideri stran prinimayut uchastie v utrenney sessii OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2020
BMT 2021-yilda eng og‘ir gumanitar inqirozni bashorat qildi
“Bir oilada ikki nafardan ziyod farzand – juda katta muammo, aholining tez o‘sishi xavfli ekanini har bir kishiga yetkazmoq darkor”, - dedi u.
Shu bilan birga, prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hukumat muammoni qat’iy qonun va cheklovlar bilan hal qilmoqchi emas.
“Biz aholi o‘sishiga qarshi kurashish va buning uchun har Misr oilalariga kerakli xizmatni taqdim etish dasturi ustida ish olib bormoqdamiz”, - deya tushuntirdi u. As-Sisi aholi o‘sishi mavjud zaxiralarga mos qilishini qo‘shimcha qilib, uning jadal ko‘pashishi iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatishini qayd etdi.
“Aholi o‘sishi masalasi nazoratga olinmas ekan, odamlar ular hayotidagi hech qanday yaxshilanishni his qilishmaydi”, - dedi Misr yetakchisi.
Misr dunyoda aholi darajasi bo‘yicha 14 o‘ringa chiqqan. Hozirda mamlakatda 103,8 milliondan ziyod aholi istiqomat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0