Yana Qora dengizda: Rossiya qiruvchilari Fransiya harbiy samolyotlarini to‘xtatib qoldi

© Sputnik / SputnikRossiyskie istrebiteli Su-27
Rossiyskie istrebiteli Su-27 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Su-27 qiruvchilari Qora dengiz ustida bir guruh Fransiya harbiy samolyotlarini to‘xtatib qoldi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Bugun Rossiyaning Su-27 qiruvchilari Qora dengiz ustida bir guruh Fransiya harbiy samolyotlarini to‘xtatib qoldi, deb xabar qildi RF mudofaa vazirligi.
Istrebitel-bombardirovshik Mirage 2000 VVS Fransii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2020
Rossiya Su-27 qiruvchisi Fransiya bombardimonchilarini to‘xtatib qoldi
Xabarda aytilishicha, 17-fevral kuni Qora dengizning neytral suvlari bo‘ylab joylashgan RLSlari Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasiga yaqinlashayotgan xorijiy davlat samolyotlarini aniqladi.
Havo nishonlarini aniqlash va RF davlat chegarasi buzilishini oldini olish uchun Janubiy harbiy okrugning ikki dona Su-27 qiruvchisi havoga ko‘tarildi.
Rossiya qiruvchilarining ekipajlari KS-135 yonilg‘i quyish samolyoti va 2ta “Miraj-2000” taktik aviatsiyasi samolyotidan iborat guruhini aniqladilar va ularni Qora dengiz bo‘ylab kuzatib borishdi.
Xorijiy davlat samolyotlari chegaradan uzoqlashganda, qiruvchilar aerodromga qaytdi. RF davlat chegaralari buzilishiga yo‘q qo‘yilmadi.
Oxirgi vaqtlarda xorijiy davlatlarning uchuvchisiz qurilma va razvedka samolyotlari Rossiya chegaralari yaqinida tez-tez paydo bo‘lmoqda. Ular Qora dengiz, Kaliningrad viloyati, Boltiq dengizi, shuningdek Suriyadagi Rossiya harbiy bazasi yaqinida ko‘rishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0