15:06 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
579 0 0

Bugungi kunda "Sputnik V" vaktsinasi dunyoning 30ta davlatida roʻyxatdan oʻtgan va oʻndan ortiq davlatlarda ommaviy ravishda qoʻllanilmoqda.  

TOSHKENT, 19 fev - Sputnik. Moskvada ishlayotgan ayrim amerikalik diplomatlar Rossiya hukumatiga "Sputnik V" vaktsinasi bilan emlashni soʻrab murojaat qilishdi. Bu haqida Washington Postga asoslanib RIA Novosti xabar qilmoqda. 

Xabarda aytilishiga koʻra, amerikada ishlab chiqarilgan vaktsinalar barchaga davlatlardagi diplomatlar uchuye yetarli boʻlmayotgani sir emas. AQSH Davlat departamenti oʻz xizmatchilari uchun 315 ming doza vaktsina buyurtma bergan boʻlsa-da, lekin hozircha ularning faqat 4/1 qismini olgan.

Davlat Departamenti Rossiyadagi AQSH diplomatlariga rus vaktsinasi bilan emlashni maslahat bermagan, lekin sogʻliqqa doir boʻlgan ushbu masala boʻyicha qaror qabul qilishni diplomatlarning oʻzlari ixtiyoriga qoldirishgan. 

Eslatib oʻtamiz, Rossiyaning "Sputnik V" vaktsinasi 3 bosqich sinovlari muvaffaqiyatli tugagani va u 91,4 % samardorlik namoyish etgani haqida xabarlar bir necha kun oldin paydo boʻlgan edi. Bugungi kunda Rossiya vaktsinasi dunyoning 30ta davlatida roʻyxatdan oʻtgan va oʻndan ortiq davlatlarda ommaviy ravishda qoʻllanilmoqda.  

Asosiy mavzular