02:04 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
127120

“Miss Qozogʻiston" milliy goʻzallik tanlovi tashkilotchilari qiyin vaziyatga tushib qolgan Gulnur Nurtazaga yordam berishdi.

TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. "Miss Qozogʻiston" milliy goʻzallik tanlovi tashkilotchilari qiyin vaziyatga tushib qolgan Gulnur Nurtazaga yordam berishdi, deb xabar qildi Sputnik Qozogʻiston.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot MISS KAZAXSTAN (@misskazakhstan_official)

Gulnur 2017 yilda “Miss Qiziloʻrda” tanlovi gʻolibasi boʻlgan, 2019 yilda “Miss Qozogʻiston” tanlovi final bosqichiga chiqqandi.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Gulnur kafeda idish tovoq yuvuvchi boʻlib ishga kirgani haqida videorolik tarqaldi.

Bu holatga “Miss Qozogʻiston” tanlovi direktsiyasi va loyiha sheriklari eʼtibor qaratishdi.

Qizga Nur-Sultondagi xususiy etnomuzey va respublika muvofiqlashtirish markazida ish taklif qilindi.

Shuningdek, Qiziloʻrda shahar hokimligi ham uni ishga joylashtirish va har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot MISS KAZAXSTAN (@misskazakhstan_official)

Qozogʻiston moda brendlaridan biri qizga Olmaotadagi yangi koʻrgazma zalida savdo boʻyicha maslahatchi sifatida ishlashni taklif qildi. Shuningdek, Gulnur stilist-usta boʻyicha oʻquv kursidan oʻtish taklif qilindi.

Teglar:
Miss - goʻzallik tanlovi, Qozogʻiston

Asosiy mavzular