01:31 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
86420

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga Vladimir Putin nima uchun hali general unvoniga ega emas, degan savolga javob berdi.

TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga Vladimir Putin nima uchun hali general unvoniga ega emas, degan savolga javob berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Uning soʻzlariga koʻra, davlat rahbari "shubhasiz bu unvonni koʻp marotaba qoʻlga kiritgan" (hozir Putin polkovnik), ammo hozirda bu ustuvor vazifa emas.

"U prezident boʻlib ishlaydi <...> U doimiy xizmatdagi zobit emas", - dedi Kreml vakili.

Uning taʼkidlashicha, Putin asosiy eʼtiborni mamlakatning kundalik faoliyati bilan bogʻliq masalalarga qaratmoqda.

Jurnalistning Putin nafaqada yoki zaxirami? degan savolga Peskov aniq javob berishga qiynaldi. "Menimcha, u zaxirada", - deb javob berdi matbuot kotibi.

Peskovning oʻzi esa katta leytenant unvoniga ega ekanligi maʼlum boʻldi.

Teglar:
general, Dmitriy Peskov, Vladimir Putin, Rossiya

Asosiy mavzular