09:17 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
251 0 0

Pentagon rahbari oʻz bayonotida Vashington "Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qatʼiy qoʻllab-quvvatlashda davom etayotganini" taʼkidlab oʻtgan

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ukrainalik hamkasbi  Andrey Taranga "Rossiya tajovuzi"ga qarshi koʻmak berishni vaʼda qildi, deb xabar bermoqda Pentagon.

Pentagon rahbari Vashington "Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qatʼiy qoʻllab-quvvatlashda davom etayotganini" taʼkidlab oʻtdi.

"U Ukraina kuchlarining Rossiya tajovuziga qarshi yanada samarali mudofaasi uchun AQSH oʻz salohiyatini oshirishga sodiqligini tasdiqladi", - deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Ostin oʻz hamkasbiga mudofaa sektorida islohotlar zarurligini koʻrsatib oʻtgan.

Taran, oʻz navbatida Pentagon rahbariga koʻmak uchun minnatdorlik bildirgan, deb aniqlik kiritadi AQSH mudofaa vazirligi.

"Vazir Taran AQShning davom etib kelayotgan koʻmagi uchun minnatdorlik bildirgan va Ukraina mudofaa sektori NATO tamoyillari va standartlariga muvofiq transformatsiya qilinishiga sobitligini qayd etgan", - deb qoʻshimcha qilingan Pentagon bayonotida.

Rossiya Ukrainaga nisbatan agressiyada ayblovlarni rad etib, mamlakat Donbassdagi mojaro bartaraf etilishidan manfaatdorligini taʼkidlab kelmoqda.

Asosiy mavzular