09:04 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
285 0 0

Koronavirusni yenggan Tojikiston bu yilgi Navroʻzni ortiqcha xarajatsiz va tejamkorlikka rioya qilgan holda nishonlaydi.

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bu yilgi Navroʻz bayramini ortiqcha xarajatsiz nishonlashni toʻgʻrisida topshiriq berdi. Bu haqda respublika prezidenti matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Rahmon respublika bosh vaziri oʻrinbosarlari, prezident yordamchilari va qator vazirliklar va davlat idoralari rahbarlari bilan yigʻilish oʻtkazgan. Unda qator masalalar, jumladan, Navroʻz bayramini ortiqcha chiqimsiz nishonlash muhokama qilingan.

“Navroʻz bayramini nishonlash haqida gap bordi, davlat rahbari bu bayramni ortiqcha xarajatsiz va tejamkorlikka rioya qilgan holda oʻtkazish boʻyicha topshiriq berdi”, - deyilgan xabarda.

Tojikiston yetakchisi hukumatning barcha xatti-harakati xalqning munosib hayotini taʼminlash, mamlakat taraqqiyotiga qaratilganini taʼkidlagan.

Eslatib oʻtamiz, bu yil Tojikistonda Navroʻz anʼanaviy sahna koʻrinishlarisiz nishonlanadi. Respublika koronavirusga qarshi kurashish shtabi mahalliy kontsert va sport musobaqalariga ruxsat bergan. Shuningdek, barcha gigiyena va sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda sayr qilish mumkin.

Teglar:
Navroʻz, Emomali Rahmon, Tojikiston

Asosiy mavzular