TOSHKENT, 20 fev - Sputnik. "Rosoboroneksport" 2020 yilda unga qarshi kiritilgan qator sanktsiyalarga qaramasdan umumiy qiymati 13 milliard dollarga teng qurol-aslaha eksport qildi.
Bu haqida davlat korporatsiyasining besh direktori Aleksandr Mixeyev Abu-Dabida 21-25 fevral k4uni boʻlib oʻtishi kutilayotgan IDEX-2021 - qurol-yarogʻ koʻrgazmasi arafasida xabar qildi.
"Dunyo iqtisodining barcha sohalariga taaluqli boʻlgan obʼyektiv qiyinchiliklarga qaramasdan, 2020 yilda "Rosoboroneksport"ning eksportga yoʻnaltirilgan harbiy mahsuloti miqdori - oʻtgan yil miqdorida oʻzgarishsiz qoldi", - dedi Mixeyev.
Maʼlumot uchun, Rossiya oʻtgan bir necha oʻn yillar davomida jahon-qurol aslaha bozorida yetakchi oʻrinlardan birini egallab kelmoqda. Rossiya harbiy mahsuloti yillik eksporti miqdori oʻrtacha 15 milliard dollarni tashkil qiladi. Undan "Rosoboroneksport" ulushi 13 milliar, qolgan 2 milliard - boshqa harbiy sanoat korxonalari ulushi. Bular harbiy texnikaga xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va ehtiyot qismlar yetkazib berishdan iborat.