01:11 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
66310

Amerikalik supermodel, aktrisa, tele-yulduz Kim Kardashyan turmush oʻrtogʻi xonanda Kanye Uest bilan ajrashishga ariza topshirdi.

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Amerikalik realliti-shou yulduzi Kim Kardashyan turmush oʻrtogʻi xonanda Kanye Uest bilan ajrashishga ariza topshirdi, deb xabar qildi TMZ portali.

© AFP 2018 / John Lamparski/Getty Images

Yanvar oyi boshida OAV Kardashyan va Uest ajrashishga qaror qilganliklari va bu masalani qonuniy hal qilish boʻyicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berishdi.

Portal maʼlumotlariga koʻra, Kardashyan va Uest farzandlarini birgalikda tarbiyalashga kelishib olgan. Bundan tashqari, nashrning yozishicha, er-xotinning hech biri tuzilgan nikoh shartnomasining bandlari bilan bahslashmoqchi emas.

Qayd etilishicha, er-xotin mulkiy nizolarni hal qilish boʻyicha kelishuvga erishish yoʻlida katta yutuqlarga erishgan.

Kim Kardashyan va Kanye Uest 2014 yilda turmush qurishgan. Juftlikning toʻrt nafar farzandi bor. Kanye Uest Kardashyanning uchinchi turmush oʻrtogʻi hisoblanadi.

Teglar:
Kim Kardashyan, AQSH

Asosiy mavzular