14:20 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
179820

Rossiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Ozarbayjon singari davlatlar Buyuk Turon tashkil etilishi gʻoyasini qoʻllab quvvatlayotgan bir vaqtda Moskva Turkiyaning kuchayib ketishidan xavfsiraydimi, degan savolga javob berdi

TOSHKENT, 20 fev – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiya "Buyuk Turon"ni tashkil etish niyatida, deya oʻylamasligini maʼlum qildi. U bu haqda RBKga bergan intervyusida aytgan. Uning soʻzlariga koʻra, SSSRning turkiy tilli mamlakatlari Turkiyaning ushbu gʻoyasini qoʻllab-quvvatlagani ham dargumon.

Ozarbayjon singari davlatlar Buyuk Turon tashkil etilishi gʻoyasini qoʻllab quvvatlayotgan bir vaqtda Moskva Turkiyaning kuchayib ketishidan xavfsiraydimi, degan savolga javob berar ekan, Lavrov shunday dedi: "Turkiya bunday gʻoyani taʼqib qilyapti, deb oʻylamayman. SSSRning bir qismi boʻlgan va keyinchalik mustaqil boʻlgan mamlakatlar bu gʻoyani haqiqatla qandaydir koʻrinishda qoʻllab-quvvatlashlarini tasavvur qilolmayman".

Bundan tashqari, ushbu mamlakatlar tashqi siyosatning butun pafosi va faoliyat amaliyoti oʻz milliy davlatchiligini mustahkamlashga qaratilgan.

Uning soʻzlariga koʻra, Turkiyaning oʻz manfaatlari bor - bu bir tilda gapiradigan hammilatlaridir. Uning taʼkidlashicha, turkiy tilli munosabatlar mavzusi Turkiya bilan boshqa mamlakatlar, jumladan Ozarbayjon va Markaziy Osiyoning qator davlatlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalariga yetarlicha chuqur kirib borgan.

Uning fikricha, Turkiyaning sobiq ittifoq davlatlari hududidagi turkiyzabon davlatlar bilan hamkorligining asosiy qismini madaniy, til va maʼrifiy anʼanalar tashkil qiladi.

Asosiy mavzular