Tixanovskiya Belarus muxolifati “ko‘chalarni yutqazganini” tan oldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSvetlana Tixanovskaya na press-konferensii v Minske
Svetlana Tixanovskaya na press-konferensii v Minske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2021
Obuna bo‘lish
Respublika prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya muxolifat “ko‘chalarni yo‘qotganini” bildirdi.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Belarus muxolifati “ko‘chalarni yo‘qotdi”. Bu haqda respublika prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya “Le Temps” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2021
Lukashenko G‘arbni Belarusga qanday yashash kerakligini o‘rgatmaslikka chaqirdi
“Men tan olishim kerakki, ko‘chalarni yo‘qotdik, namoyishchilarga qarshi zo‘ravonlik rejimiga qarshi kurashish imkoniyatimiz yo‘q. ularning quroli bor, ularning kuchi bor, shunday ekan, ha, hozir biz yutqazgandek bo‘lib tuyulyapti. Beloruslar charchashganini, qo‘rqishlarini bilaman”, - dedi u.
Tixanovskayaning so‘zlariga ko‘ra, Belarus aholisi siyosiy vaziyat tez hal bo‘lishini kutishgan, ammo “demokratiyaga qaytish” kutilgandan ko‘proq vaqtni olgan.
Belarusda bo‘lib o‘tgan 9-avgustdagi prezident saylovlarida oltinchi marotaba 80,1 % ovoz bilan Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozongach, mamlakatda muxolifatning ommaviy norozilik aksiyalari boshlanib ketgan edi, ular kuch tuzilmalari tomonidan maxsus vositalar va maxsus texnika yordamida bostirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0