Qozog‘istonda qishloq xo‘jaligi yerlarini xorijliklarga sotish taqiqlanadi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishPosevnaya risa v Krasnodarskom krae
Posevnaya risa v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Obuna bo‘lish
Toqayev yer masalasi qozog‘istonliklar uchun juda muhimligi, yer ular uchun davlatchilik ramzi ekanini qayd etdi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Qozog‘istonda qishloq xo‘jaligi yerlarini chet ellik jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berish va sotish taqiqlanadi. Mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tegishli qonun loyihasini tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi.
Toqayev Milliy jamoat ishonch kengashi yig‘ilishida chiqish qilayotib, yer masalasi qozog‘istonliklar uchun juda muhimligi, yer ular uchun davlatchilik ramzi ekanini qayd etdi.
“Men bir necha marta yer xorijliklarga sotilmasligini aytganman. Bu boradagi mish-mishlarga chek qo‘yish darkor. Birinchidan, men qishloq xo‘jaligi yerlarini xorijliklarga va xorijlik yuridik shaxslarga sotish, ijara berishni qonun bilan taqiqlash bo‘yicha topshiriq beraman. Bu xorijlik ulushi bor yuridik shaxslaga ham taalluqli”, - dedi Toqayev. Uning so‘zlaridan Sputnik Qozog‘iston keltirgan.
Davlat rahbari bu masalaga oid qonun loyihasini prezident devoni ishlab qilishi shartligi qo‘shimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0