Putin Qirg‘iziston prezidentiga ajoyib shamshir sovg‘a qildi – foto

© Press-slujba prezidenta KirgizstanaPrezident Kirgizstana Sadir Japarov poluchil v podarok ot rossiyskogo lidera Vladimira Putina sablyu.
Prezident Kirgizstana Sadir Japarov poluchil v podarok ot rossiyskogo lidera Vladimira Putina sablyu.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisi Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovga oltin va boshqa qimmatbaho metallar bilan yasalgan naqshli shamshir hadya qildi.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovga shamshir hadya qildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston agentligiga manbalari ma’lum qildi.
Japarov 24-25 fevral kunlari Moskvada rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. Qirg‘iziston prezidenti rossiyalik hamkasbi bilan uchrashib muzokaralar o‘tkazdi. Japarov keyinroq Rossiya OAVlariga bergan intervyusida Putinga qirg‘iz ustalari yasagan qilich hadya qilganini ma’lum qildi.
“Eng qizig‘i, Vladimir Vladimirovich ham Sadir Nurgojoyevichga oltin va boshqa qimmatbaho metallar bilan yasalgan naqshli shamshir sovg‘a qildi”, - degan manbalar.
© Foto / istochnikiPrezident Kirgizstana Sadir Japarov poluchil v podarok ot rossiyskogo lidera Vladimira Putina sablyu.
Prezident Kirgizstana Sadir Japarov poluchil v podarok ot rossiyskogo lidera Vladimira Putina sablyu.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi Galina Bayterek ushbu xabarni tasdiqlangan va shamshir Tarixiy muzeyga berilishini aytgan.
Yangiliklar lentasi
0