TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidentiga hamdardlik maktubini yo‘lladi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.
O‘zbekiston ushbu qabih terrorchilik xurujlarini, ular qanday shakl va mazmunda bo‘lishidan qat’iy nazar, keskin qoralaydi hamda mazkur baloga qarshi xalqaro miqyosda hamkorlik qilish zarurligini yana bir bor ta’kidlaydi.
Ushbu musibatli damlarda Siz Janobi Oliylariga va Siz orqali butun Eron xalqiga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik tuyg‘ularimizni yetkazib qo‘yishingizni so‘raymiz. Jarohat olganlarni esa tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz.
Qayg‘u ila, Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti", — deyiladi maktub matnida.
Eslatib o‘tamiz, Chorshanba kuni ertalab ayol liboslariga burkanib olgan to‘rt kishidan iborat guruh Eron parlamenti binosida o‘t ochgan edi. Sal keyinchalik hujum uyushtirganlarning biri o‘z-o‘zini portlatdi. Terakt natijasida 13 kishi halok bo‘ldi, yana 43 nafari jarohatlangan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.