Afrosiyob kuniga uch martadan qatnaydigan bo‘ldi

© Michał HuniewiczAfrosiyob tezurar poyezdi
Afrosiyob tezurar poyezdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
15 avgusta birinchi qo‘shimcha reys jo‘nadi.

Toshkent, 17 avg- Sputnik. Toshkent – Samarqand Afrosiyob tezurar poyezdi kuniga uch martadan yura boshladi, — deb xabar berdi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” OAJ matbuot markazi.
Jadvalga o‘zgarish kiritish sayohlik mavsumida talabning kuchayishi bilan bog‘liq. Qo‘shimcha poyezd Samarqanddan 10:40 da jo‘nab Toshkentga 12:57da yetib keladi va Samarqandga 13:50 da jo‘nab 15:58da yetib keladi. Yo‘lga 2 atrofida vaqt ketadi.
Qadimiy shahar nomini olgan Afrosiyob tezurar poyezdi 2011-yildan ishga tushgan.
Oldin Afrosiyob tezurar poyezdi kuniga ikki martadan qatnardi. 12-iyuldan dam olish kunlari qo‘shimcha Afrosiyob poyezdi ishga tushdi.

Yangiliklar lentasi
0