Loyiha haqida

Sputnik yangiliklar agentligi media bozorda o‘z faoliyatini 2014-yil 10-noyabrda boshlagan. Sputnik bu serqirra dunyoda har bir mamlakat o‘z milliy qiziqishlari, madaniyati, tarixi va urf-odatlariga ega ekanligini aks ettiruvchi nashrdir.
Sputnik boshqalar aytmagan narsalar haqida gapiradi.
Agentlik - alternativ nuqtayi nazardagi yangiliklar hamda radioeshittirishlar olib boruvchi ma’lumotlar manbaidir. Sputnik yangiliklari chet ellik mushtariylar e’tiboriga qaratilgan.
Dunyoning yirik poytaxtlarida joylashgan har bir Sputnik tahririyati, o‘z saytlariga ega bo‘lib, mahalliy radiostansiyalar studiyalaridan eshittirishlar olib boradi. 2015-yilda Sputnikning jahonning 34 davlati, 130 shaharlarida 30 tilda jarang topadigan radioeshittirishlari hajmi sutkasiga 800 soatdan oshdi.
Agentlik o‘z multimedia matbuot-markazlariga ega bo‘lib, saytlar uchun eksklyuziv kontent yaratadi, mahalliy tinglovchilar uchun radioeshittirishlar olib boradi.
Radioeshittirishlar faqat zamonaviy formatlar: DAB/DAB+ (Digital Radio Broadcasting), HD-Radio hamda uyali telefon va internet orqali olib boriladi.
Sputnik rus, abxaz, arab, arman, gruzin, dari, ingliz, ispan, qozoq, qrim-tatar, qirg‘iz, latish, moldovan, ozarbayjon, olmon, polyak, portugal, serb, turk, tojik, o‘zbek, ukrain, fransuz, xitoy va yapon tillarida eshittirishlar olib boradi va o‘z multimediya kontentlarini yaratadi. Sputnik brendi ostida kechayu-kunduz ingliz, ispan, arab va xitoy tillarida yangiliklar nashr etiladi. Yangiliklar to‘xtovsiz ravishda chop etilishi uchun Vashington, Qoxira, Pekin va Montevideoda joylashgan hududiy tahririyatlar 24/7 tartibida faoliyat yuritadi.
Sputnik foto-xizmati - butun dunyo bo‘ylab keng tarqalgan foto-muxbirlar tarmog‘idir.
Yangiliklar lentasi
0