Jamiyat

Yangi kompyuter dasturi toʻda ichida ham odamni tanib olishi mumkin.

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishVideokuzatuv majmuasi
Videokuzatuv majmuasi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonlik dasturchilar kuzatv kameralari koʻrish doirasiga tushgan odamlarning shaxsini aniqlashga qodir dastur uylab topdilar.

TOSHKENT, 21 avg – Sputnik. Oʻzbekistonda inson qiyofasini kamera videoyozuviga qarab aniqlaydigan dastur paydo boʻldi deb xabar berdi, Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati.

"ABL-SOFT&SS" kompaniyasi dasturchilari videolavhalarni qayta ishlab inson shaxsini aniqlashga qodir "FaceCon TR.uz" nomli yangi dasturni yaratishdi.

Ushbu dastur yordamida huquqni saqlash organlari xodimlari kuzatuv kameralarining koʻrish doirasi ichida boʻlgan odamlarning shaxsini aniqlashi mumkin. Dastur odamning jinsi, yoshi, irqiy mansubligi, yuz tuzilishi va boshqa alomatlarini aniqlashi mumkin.

Undan tashqari videosurʼat avtomatik tarzda kompyuterdagi maʼlumotlar bazasi bilan solishtiriladi. Qiyofada soqol, muylov, hamda yosh oʻzgarishi kabi oʻzgarishlarning paydo yoki gʻoyib boʻlishi inson shaxsini aniqlashga xalal bera olmaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala