Barak Obama Islom Karimovni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Barak Obama
Prezident SShA Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mustaqillik kuni munosobati bilan prezident Islom Karimov nomiga tabriknomalar kelmoqda.

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obama O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovni Mustaqillikning 24-yilligi bilan tabrikladi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Mustaqillik kuni munosobati bilan prezident Islom Karimov nomiga chet davlatlar rahbarlari va taniqli ijtimoiy arborlardan tabriknomalar kelmoqda. Barak Obama ham o‘zining tabriknomasida O‘zbek xalqiga tinchlik va barkamollik tilagan.

“AQSh 1991-yil 25-dekabrda O‘zbekiston mustaqilligini tan olgandan beri, ikki mamlakat o‘zaro ishonch, hurmat va hamkorlik munosobatlarini yaratish uchun birgalikda ishlab kelmoqda”, — deyilgan tabriknomada.

AQSh prezidenti o‘z nomasida, amerika ikki mamlakat orasidagi hamkorlikni yuqori baholashi va demokratik, xavfsiz va gullab-yashnagan kelajak yo‘lidagi hamkorlikni davom ettirishdan umidvorligi aytib o‘tgan.    

Obama, yaqin yillar ichida, ikkiyoqlama munosobatlarni kengaytirishni sabrsizlik bilan kutayotganini alohida ta’kidlab o‘tgan.

Oldinroq, Buyuk Britaniya qirolichasi, Hindiston, Sloveniya, Portugaliya, Bolgariya va Turkmaniston prezidentlari tabriknoma yuborgandilar.

 

 

Yangiliklar lentasi
0