Toshkentda Rossiya kinosi kuni nishonlandi

© Sputnik / Artem Jitenev / Mediabankka o‘tishKinoteatr xodimi kinolentani proyektorga o‘rnatayapti
Kinoteatr xodimi kinolentani proyektorga o‘rnatayapti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya kinematografchilari uchrashuvida Toshkentda sovet davrida sur’atga olingan eng yaxshi filmlar ko‘rsatildi.

 

TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazida Rossiya kinematografi kuniga bag‘ishlangan madaniyat arboblari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, kultura.uz xabariga ko‘ra.

Uchrashuv chog‘ida “Toshkentda sur’atga olingan sovet filmlari oltin me’rosi” va “Rossiya kinematografi tarix varaqalari”, — nomli taqdimotlar o‘tkazildi.  

Taniqli rejisserlar, “Alvido g‘o‘r yoshligim”, “Urush bolalari” filmlari avtorlari Jasur va Mastura Isxakovlar festivalning faxriy mehmonlari bo‘lishdi. Akterlar Ruslan Larin va Dono Boboxonovalar kino bilan bog‘liq bo‘lgan hikoyalarni aytib berishdi.   

“O‘zbekiston va Rossiya kinematografi do‘stligi – bu ikki madaniyat va ikki kino maktabining yorqin simbiozidir” – dedi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dono Boboxonova.  

Jasu va Mastura Isxakovalarning so‘zlariga qaraganda, hozirgi paytda “O‘zbekfilm”ning ko‘plab xodimlari – hujjatli va ba’diy film rejisserlari, ssenariy avtorlari va operatorlar rossiya kino sanoatida ishlayapti.

 

Yangiliklar lentasi
0