NEC korporatsiyasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMoskvadagi "Ostankino" telemarkazi.
Moskvadagi Ostankino telemarkazi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiyaning NEC kompaniyasi O‘zbekistonda raqamli televideniyeni rivojlantiradi.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligida  yaponiyaning NEC korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, — vazirlik sayti ma’lumotiga ko‘ra. Yaponiya delegatsiyasiga kompaniya prezidenti Nobuxiro Endo boshchilik qildi.  

 

 

Uchrashuvda NEC kompaniyasinig O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlashtirish va raqamli televideniyega o‘tish jarayoniga qo‘shgan salmoqli hissasi alohida ta’klab o‘tildi va unga yuqori baho berildi.

Uchrashuv davomida telekommunikatsiya sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari qurib chiqildi. Xususan, yer usti raqamli telesignallarini uzatish borasidagi istiqbolli rejalar shular jumlasidan. Bu borada Yaponiya sarmoyadorlari ishtirokida tashkil qilinishi mumkin bo‘lgan bir necha loyhalar ham muhokama qilindi.

Ayni kunda O‘zbekiston aholisining 54% raqamli televidenie bilan qamrab olingan, 2017-yilning oxirigacha mamlakat hududini raqamli telesignal bilan to‘liq qamrab olish rejalashtirilgan.

Uchrashuvda telekommunikatsiya sohasida malakali mutaxassislar tayorlash masalasiga alohoda e’tibor qaratildi. Jumladan Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti va boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. Mehmonlar TATU va O‘zbektelekomning telekommunikatsiya va personal rivojlantirish markaziga tashrif buyuurishdi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0