Jamiyat

Ucell Oʻzbekistondan ketadi

© TeliaSoneraTeliaSonera logotipi
TeliaSonera logotipi - Sputnik Oʻzbekiston
Shvetsiyaning TeliaSonera Yevrosiyo mintaqasini sekin-asta tark etadi.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Kompaniya saytida tarqatilgan rasmiy maʼlumotga qaraganda TeliaSonera Yevrosiyo mintaqasini, shu jumladan Oʻzbekisonni ham, sekin-asta tark etadi. Bundan buyon kompaniya asosiy eʼtiborni Yevropa va Shvetsiya regionlariga qaratadi.

“Kompaniya Direktorlar kengashi vaziyatni chuqur oʻrganib chiqib, aktsiyadorlarimiz, mijozlarimiz va xodimlarimiz uchun eng yaxshi yoʻlni tanladi. Bu strategiyani samarali amalga oshirish uchun biz TeliaSoneraning Yevroosiyo mamlakatlaridagi ishtirokini qisqartiramiz.” — dedi kompaniya Direktorlar kengashi raisi Mari Erling.  

Shu kunga qadar kompaniya Yevroosiyodagi Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Moldova, Gruziya va Nepal mamlakatlarida ish olib borardi.

Oʻzbekistonda TeliaSonera 7 yildan beriishlaydi. Shu davr ichida kompani 8,5 mln mijoz, joylarda 22 idoraga boʻldi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala