Iqtisodiyot vaziri: Kichik biznes O‘zbekiston iqtisodida hal qiluvchi rol uynaydi

© Pixabay / AlexanderSteinSarmoya va biznes
Sarmoya va biznes - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda xususiy tadbirkorlar O‘zbekiston YaIMining 56% ni yaratmoqda.

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Kichik biznes iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida, aholini ish bilan ta’minlash va boyligini oshirishda katta rol uynamoqda, deb hisoblaydi O‘zbekiston Iqtisod vaziri Galina Saidova.

“Ushbu yil qabul qilingan 2015-2019 yillar iqtisodiyotni islohot, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish dasturi 7 asosiy yo‘nalishdan tashkil topgan bo‘lib, O‘zbekistonning kelajakda erkin bozor munosobatlarini rivojlantirishga bo‘lgan harakatini ta’kidlaydi”, dedi vazir payshanba kuni o‘qilgan ma’ruzada.  

Ministr ta’kidlashicha, ushbu hujjatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga, tadbirkorlikni himoyalashga alohida e’tibor qaratilgan.

Saidovaning so‘zlariga qaraganda, mamlakat qonunchiligining jinoyat kodeksi, ma’muriy javobgarlik kodeksi, Fuqaro huquqlari kodeksi va boshqa hujjatlarga bir qator o‘zgarishlar kiritildi. Ularga ko‘ra xususiy tadbirkorlik va xususiy mulk huquqlari nafaqat baravar balki ustuvor bo‘ldi.

2015 yilda O‘zbekistonda tadbirkorlar soni 6%ga ko‘paydi.

“Bugungi kunda, dunyo iqtisodi beqaror bo‘lgan bir paytda, O‘zbekiston maqsadi iqtisodni bir xil olg‘a rivojlantirishni ta’minlash. Yana bir marta ta’kidlash kerak-ki bizning maqsad iqtisodni yangilash borasida boshlangan islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish”, — dedi vazirlik rahbari.   

Ma’ruzada, Mustaqillik yillari davomida 180 milliard sarmoya o‘zlashtirilganligi, ulardan 60 milliardi chet el sarmoyalari ekanligini ta’kidladi.

Ijtimoiy sohani rivojlantirish, ish joylari tashkil qilish, ta’lim va tibbiyot sohalarini rivojlantirish va qishloq aholisini uy-joy bilan ta’minlash masalalari davlat diqqat markazida qolayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0