Dunyoda

Xakerlar App Store ga hujum qildi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Apple ning yuzlab dasturiga zararli kod kiritilgan

 

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Apple smartfon va planshetlarida ishlaydigan iOS opreratsion tizimiga birinchi yirik hujum uyushtirilganini tan oldi, RIA Novosti Reyter xabari asosida maʼlum qildi.

Kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassislar, App Store onlayn magazinida XcodeGhost nomli zararli dastur topishdi. Ushbu dastur allaqachon yuzlab litsenziyalangan dasturlar tarkibiga kirib olishga muvaffaq boʻlgandi. Bu App Store tarixida eng yirik kiber hujum deyilmoqda, chunki ushbu kunga qadar App Store da bor yoʻgʻi 5 ta zararli dastur topilgan edi.

“Biz App Store dan barcha zararlangan dasturlarni oʻchirdik”, — Kriston Monaganni soʻzlarini keltiradi Palo Alto Networks Inc (PANW.N) agentligi.

Lekin, Monagan, zararli dasturlarni allaqachon yuklab olgan yo olmaganliklarini aniqlash uchun, foydalanuvchilar nima qilishlari kerakligi haqidi hech narsa demadi.

 

Yangiliklar lentasi
0