Moskvada yangi Jome’ masjidi ochiladi

© Commons.wikimedia / MaqiviMoskva Jome’ masjidi
Moskva Jome’ masjidi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada 2015-yil 23-sentabr kuni yangi Jome’ masjidi ochiladi.

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskvada 2015-yil 23-sentabr kuni yangi Jome’ masjidi ochiladi. Ochilish marosimida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boshqa bir necha davlatlar prezidentlari kelishi kutilmoqda. Masjid “Prospet mira” metro stansiyasi yaqinida joylashgan.

Masjidning tantanali ochilish marosimiga Rossiya Muftiylar kengashi raisi shayx Ravil G‘aynutdin taklifiga binoan O‘zbekiston Din ishlari qo‘mitasi Masjidlar bo‘limi boshlig‘i Yo‘ldoshev va Musulmonlar idorasi matbuot kotibi Nuriddinov bugun Moskvaga jo‘nab ketishdi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra.

Ushbu masjid o‘rnida 111-yil avval qurilgan qichikroq masjid bo‘lardi. Bayramlarda musulmonlar unga sig‘masdi. Yangi masjid bo‘lsa 10 000 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, u eng zamonaviy talablarga javob beradi. Unda ayollar va erkaklar uchun alohida kirish joyi, nogironlar uchun qulayliklar ko‘zda tutilgan. Masjid qurilishi 8-yil davomida olib borildi.

Yangiliklar lentasi
0